Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt asosida elektron savdo tizimlarida foydalanuvchi xatti-harakatlarini bashorat qilish va shaxsiylashtirilgan tavsiyalar modeli
10:39 / 2026-02-15

Davronjon Abdullayevich SHODMONOV katta oʻqituvchi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Samarqand, O‘zbekiston shodmonovd1985@gmail.com Syevinch Rustam qizi XALILOVA talaba Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Samarqand, O‘zbekiston xalilovasevinch918@gmail.com

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Ushbu maqolada Telegram bot asosidagi elektron savdo axborot tizimini sun’iy intellekt elementlari bilan boyitish orqali foydalanuvchi xatti-harakatlarini bashorat qilish va shaxsiylashtirilgan tavsiyalar mexanizmini ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqilgan. Oldingi tadqiqotlarda taklif etilgan integrallashgan elektron savdo modeli ushbu ishda mashinali o‘rganish algoritmlari yordamida kengaytirilib, foydalanuvchilarning xarid tarixi, tizimdagi faolligi hamda kontekstual ma’lumotlari asosida intellektual qaror qabul qilish imkoniyati yaratilgan. Taklif etilgan yondashuvning foydalanuvchi ehtiyojlarini oldindan aniqlash, mos mahsulotlarni tavsiya etish hamda savdo samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslangan. Amaliy tajriba natijalariga ko‘ra sun’iy intellektga asoslangan tavsiyalar mexanizmi foydalanuvchi jalb etilishi va buyurtmalar sonining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tasdiqlangan. 

Tayanch so‘zlar: sun’iy intellekt, elektron savdo, foydalanuvchi xatti-harakati, bashoratlash modeli, shaxsiylashtirilgan tavsiyalar, Telegram bot, mashinali o‘rganish, raqamli savdo tizimlari.