Sun’iy intellekt innovatsion texnologiyalar bilan yashash tarzimizni butkul o‘zgartirdi. Sun’iy intellekt insoniyat hayotiga tezlik bilan moslashib, birdek ommalashib, jamiyatning har bir sohasiga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. Sun’iy intellekt atamasi ilk bora 1956 yilda ilmiy konferensiyalardan birida kiritilgan. Konferensiyaning muhokamasi fanlararo axborot texnologiyalari tabiiy til generatsiyasiga olib keldi. Sun’iy intellekt texnologiyasi o‘ttiz yil davomida mustaqil texnologiya bo‘lgan, ammo hozirda ushbu texnologiya ilovalari hayotning barcha sohalarida keng tarqalib ulgurgan.
Sidney universiteti va boshqa muassasalar, jumladan, Xitoyning tabiiy fanlar milliy jamg‘armasi tadqiqotchilari guruhi virusologiya sohasida yutuq yaratdi. Ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda olimlar RNK genetik materialini o‘z ichiga olgan 161 979 ta yangi turdagi viruslarni aniqladilar.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2-1_p-rBb1o" title="Sunʼiy intellekt 161 979 ta yangi turdagi virusni aniqladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Buning uchun olimlar viruslarning keng genetik ma’lumotlarini tahlil qila oladigan LucaProt deb nomlangan chuqur o‘rganish algoritmini ishlab chiqdilar. Ushbu algoritmdan foydalanib, tadqiqotchilar juda ko‘p miqdordagi ma’lumotlarni tasniflash va tizimlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi, bu ularga juda ko‘p miqdordagi yangi virus turlarini topishga imkon berdi.
Ushbu viruslarning ko‘pchiligi fanga allaqachon ma’lum bo‘lgan bo‘lsada, sun’iy intellekt olimlarga ushbu ma’lumotlarni tartibga solish va ularni toifalarga ajratish imkonini berdi.
M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA