Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy idrok yordamida vizual kontentni qanday boshqarish mumkin?
11:36 / 2024-07-10

Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi – UNA-OIC “Sputnik” axborot agentligi bilan hamkorlikda “Sun’iy intellekt orqali vizual kontentni boshqarish” nomli virtual seminar o‘tkazdi.

UNA-OIC bosh direktori Muhammad Abdu Rabbo Al-Yamiy tadbirning maqsadi sun’iy intellekt va turli ilovalar yordamida vizual kontentni boshqarish mexanizmini yaqindan o‘rganish ekanini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, anjuman xalqaro hamkorlar bilan sun’iy intellektga oid eng yaxshi tajribani o‘zlashtirish, noto‘g‘ri ma’lumot va intellektual mulk huquqi buzilishi kabi xatarlarni yumshatishga qaratilgan sa’y-harakatning bir qismidir.

“Rossiya segodnya” media guruhi maxsus loyihalar bo‘yicha direktori Mixail Konrad tasvirni yaratish va uzatish tajribasi bilan o‘rtoqlashib, asosiy taqdimotini namoyish etdi.

Mazkur seminar IHTga a’zo davlatlarda jurnalistlarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan qo‘shma dastur doirasida uyushtirildi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA