Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sunak Xitoyni Buyuk Britaniya uchun eng katta xavf dedi
17:20 / 2022-07-25

Telegraph gazetasining yozishicha, Buyuk Britaniya bosh vazirligiga nomzod, mamlakatning sobiq moliya vaziri Rishi Sunak Xitoyni Buyuk Britaniya uchun "eng katta va uzoq muddatli tahdid” degan.

"Xitoy Buyuk Britaniya uchun ham, dunyo iqtisodiyoti va milliy xavfsizlik  uchun ham eng katta va uzoq muddatli xavf tug‘diradi", - deydi gazeta uning so‘zlarini keltirar ekan. Xabarda ta’kidlanishicha, Sunak agar bosh vazirlikka saylansa Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan 31 ta Konfutsiy institutini yopishga hamda Britaniya bilan Xitoy o‘rtasida tadqiqotlar sohasida hamkorlik  munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga va’da berdi. Uning ta’kidlashicha, Xitoy bilan ushbu yo‘nalishda hamkorlik Pekinga texnologiyalar yoki harbiy sohada yordam berishi mumkin.  

"Men universitetlarimizni Xitoy tomonidan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymayman hamda Britaniya kompaniyalari va davlat muassasalarini zaruriy kiberxavfsizlik bilan ta’minlayman. Prezident Bayden va boshqa dunyo yetakchilari bilan birga G‘arbning Xitoy tahdidlariga qarshi kurashish qobiliyatini kuchaytiraman", - qo‘shimcha qildi Sunak.  

Britaniyada  20 iyul kuni Konservativ partiyasiga rahbar saylash bo‘yicha parlament  a’zolari o‘rtasida ovoz berishning beshinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Kim partiya yetakchiligini qo‘lga kiritsa, u mamlakat bosh vaziri lavozimini ham egallaydi. Saylov poygasining final  qismiga ikki nomzod – Tashqi ishlar vaziri Liz Trass va sobiq moliya vaziri Rishi Sunak chiqdi.