Sunak: Buyuk Britaniyaning iqtisodiy muammolari 2023 yilda tugamaydi
Bosh vazir Rishi Sunakning aytishicha, Ukrainadagi mojaro tufayli Buyuk Britaniyadagi qiyinchilik 2023 yilda davom etadi.
“Men barcha muammolarimiz yangi yilda tugaydi, deb da’vo qilmoqchi emasman. Ammo kelasi yil bizga Buyuk Britaniyada mavjud bo‘lgan eng yaxshi ibratlarni jahon sahnasida namoyish qilish imkoniyatini beradi", dedi hukumat rahbari videomurojaatida.
U Britaniyadagi qiyinchiliklarga qaramay, hukumat Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, deb ishontirdi.
O‘tgan yil sarhisobini qilib, Sunak elektr energiyasi narxlarining misli ko‘rilmagan darajada oshib ketishi ko‘plab britaniyaliklarni og‘ir ahvolga solib qo‘yganini ta’kidladi.
Milliy statistika boshqarmasining hisobotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada noyabr oyida yillik hisobda inflyatsiya 10,7 foizni tashkil etgan.
O‘zA