Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun Juanji: SHHT – jadal iqtisodiy taraqqiyot makoni
20:17 / 2025-08-31

Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori Sun Juanji "China Daily" gazetasiga bergan intervyusida aytishicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti tobora ko‘proq a’zolar va bozor maydonini qamrab olib, iqtisodiy taraqqiyotning kelgusi manzarasini belgilaydigan platformaga aylanmoqda.

Xabar berganimizdek, Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tayotgan Tashkilot tarixidagi eng yirik sammitda 20 dan ziyod xorijiy davlat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

– SHHT timsolida tashkilotchilar ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni targ‘ib qiluvchi, a’zo davlatlarning kuchli tomonlaridan samarali foydalaniladigan maydon yaratishga muvaffaq bo‘ldi, – deya ta’kidladi ekspert. – SHHT hamkorligi doirasida raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyot va sun’iy intellekt bilan bog‘liq qator istiqbolli yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Demak, tuzilma iqtisodiy o‘sish va texnologik innovatsiyaning kelajak manzarasini chizadi.

M.Pirmatova, O‘zA