Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori Sun Chjuanchji «Markaziy Osiyo –Xitoy» tahlil markazlari IV forumining ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, anjuman muvaffaqiyatli, mazmunan boy va yangi g‘oyalarga to‘la o‘tdi.
– Tadbirning dolzarb mavzusi Xitoy – Markaziy Osiyo hamkorligining keng istiqbolini yana bir bor namoyish etdi, – dedi ekspert. – Xitoy va Markaziy Osiyo munosabatlarida ijobiy dinamika yaqqol namoyon. O‘tgan 30 yil mobaynida teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalarning yangi namunasi vujudga keldi. Ikki tomonlama munosabatlar esa yaxshi qo‘shnichilikdan strategik va keng qamrovli hamkorlik darajasiga ko‘tarildi.
Sun Chjuanchji fikricha, «davlatlar rahbarlari diplomatiyasi ko‘p tomonlama sheriklikning siyosiy ustuvorligini ifodalaydi».
Qayd etilganidek, o‘tgan yilgi Sian sammiti, “Makon va yo‘l” forumi Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligi rivojida yangi bosqichni boshlab berdi.
Ekspert munosabatlar istiqboli haqida gapirarkan, ekologiya, raqamlashtirish sohalardagi aloqalarni chuqurlashtirish muhimligini ta’kidladi.
O‘zA