Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sumoda O‘zbekistonning ilk chempionlari aniqlandi
09:29 / 2026-01-18

Sumo sport turi bo‘yicha mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida 200 nafardan ziyod sportchilar o‘z vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Chempionatning o‘smir yigitlar o‘rtasidagi musobaqalari -70, 77, 85, 100, 115 va +115 kilogramm vaznda, xotin-qiz sportchilar -55, 60, 65, 73, 80 va +80 kg. dan yuqori vaznda, yosh o‘g‘il bolalar 60, 70, 80, 100 va +100 kg. dan yuqori vaznda hamda yosh qizlar: 50, 55, 60, 75 va +75 kg. dan yuqori bo‘lgan vazn toifalarida mamlakat chempionligi uchun kurash olib bordi.

Shiddatli kechgan chempionat sarhisobiga ko‘ra, Azizbek Jumayev, Shahobiddin Dobilov, Abdullox Shermurodov, Asilbek Boborahimov, Quvonch Berdinazarov, Ziyoda Qurbonova, Laziza Sunnatullayeva, Marjona Mo‘minjonova, Sumbula Abdiyeva, Adham Abduraimov kabi sportchilar o‘z vazn va yosh toifasida sumo bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.

– Mamlakatimizda ochiqlik siyosatining yuritilishi natijasida sumo sport turini rivojlantirish istiqbollari yaratildi. Yaponlarning milliy sporti bo‘lgan sumo bo‘yicha o‘tgan ilk O‘zbekiston chempionati har jihatdan yuqori saviyada tashkil etildi. G‘oliblik va sovrindorlikka erishgan sportchilar milliy terma jamoaga jalb etiladi. O‘tgan yili yurtimiz sumochilari Yaponiya, Rossiya, Xitoy kabi o‘nlab mamlakatlarda o‘tgan xalqaro musobaqalarda 4 ta oltin, 6 ta kumush va 14 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu yilgi ko‘rsatkichlarimiz yanada sermahsul bo‘lishi yo‘lida harakat qilyapmiz, - deydi O‘zbekiston sumo federatsiyasi raisi Kamol Usmonov.

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA