Joriy yilning 16–17-yanvar kunlari mamlakatimizda ilk bor sumo bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Kuni kecha mazkur chempionat o‘tadigan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport majmuasida murabbiy-mutaxassislar tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov, mamlakat sumo federatsiyasi raisi K.Usmonov ishtirokida o‘tkazilgan ishchi guruh muhokamasida sumo sport turini rivojlantirish istiqbollari borasida takliflar ilgari surildi.

Muhokamalar jarayonida ta’kidlanganidek, chempionatda faxrli o‘rinlarni egallagan sportchilar O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibidan joy oladi.
Shuningdek, chempionat g‘oliblari joriy yil oktyabr oyida Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tadigan 27-jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA