Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suma Chakrabarti: Harakatlar strategiyasi – O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari
21:44 / 2017-03-16

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti mamlakatimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqida quyidagilarni bayon qildi:

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti mamlakatimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqida quyidagilarni bayon qildi:

– O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, mamlakatni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaymiz. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bilan tanishganimizdan xursandmiz. Ushbu strategiya har tomonlama puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va juda istiqbolli. Unda belgilangan chora-tadbirlar xalq bilan muhokama qilingani, mutaxassislarning fikr va takliflari inobatga olingani e’tiborga molik. Bu Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilidan ko‘zlangan maqsadni ifodalovchi yorqin misollardan biridir.

Mazkur Harakatlar strategiyasining barcha yo‘nalishlari bankimiz biznes modeliga mos keladi. Uni amalga oshirishda ishtirok etishdan mamnunmiz.

O‘zbekiston bilan aloqalarimizning yangi bosqichi boshlanganini mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. Turli darajadagi muloqotlarda, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda hamkorligimizning o‘zaro manfaatli va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldik. Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash bankimiz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga alohida e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor. Bu borada qator loyihalarni amalga oshirmoqchimiz.

Bank-moliya sohasini takomillashtirish bo‘yicha konsultativ xizmat ko‘rsatish, investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, korporativ boshqaruvni rivojlantirish ishlariga hissa qo‘shish niyatidamiz.

Infratuzilma, kommunal, agrosanoat, energetika va boshqa sohalarda ham qator o‘zaro manfaatli va istiqbolli loyihalar mo‘ljallanmoqda.

Ushbu sohalarni qamrab olgan qo‘shma Hamkorlik dasturi ishlab chiqiladi. Uning amalga oshirilishi o‘zaro aloqalarimizni mustahkamlashga xizmat qiladi.