French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sug‘urta xizmatlari sifati va qamrovi kengaymoqda (+video)
22:11 / 2022-11-15

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan joriy yilning o‘tgan davri faoliyati tahlili, muammo va yechimlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “O‘zagrosug‘urta” AJ rahbariyati va mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

AJning Yuridik departamenti direktori Behzod Sodiqovning aytishicha, Kompaniya korporativ mijozlarga mol-mulk sug‘urtasi, garovga qo‘yilayotgan mol-mulkni sug‘urtalash, qurilish tavakkalchiligini sug‘urtalash, avtotransport vositalarini komleks sug‘urtalash, umumiy fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash kabi sug‘urta turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Jamiyat xalqaro qayta sug‘urta bozoriga faol kirib borishi natijasida jahonning yirik sug‘urta kompaniyalari va qayta sug‘urtalash brokerlari bilan qayta sug‘urta doirasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, e’tiborlisi, ushbu kompaniyalar dunyodagi eng yirik sug‘urta bozori Buyuk Britaniyaning Lloyd’s qayta sug‘urta bozori brokerlari hisoblanadi.

Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga mutasaddilar tomonidan javob berildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tXOA7_oPUG8" title="Sug‘urta xizmatlari sifati va qamrovi kengaymoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

O‘. Alimov, D. Yakubov (video) O‘zA