Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sug‘urta shartnomalarini elektron tuzish qonun bilan mustahkamlanmoqda
12:39 / 2021-06-08

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi davom etmoqda. Deputatlar kun tartibidagi keyingi masala — “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda atroflicha ko‘rib chiqishdi.

Loyiha sug‘urta sohasi iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Qonun loyihasida sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (sug‘urta tashkilotlari, sug‘urta brokerlari, adjasterlar, assistanslar, aktuariylar, syurveyerlar) huquq va majburiyatlari aniq belgilanmoqda.

Shuningdek, qonun loyihasida sug‘urta shartnomalarini elektron tarzda Internet orqali tuzish jarayoni qonun bilan mustahkamlanmoqda.

Qonun loyihasining qator yangi normalari sug‘urta xizmati iste’molchilari va sug‘urta faoliyatining boshqa sub’ektlari huquqlari himoyasini mustahkamlash, aholining sug‘urta savodxonligini oshirish va ularning sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, sug‘urta bozorining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Majlisda qonun loyihasi xalq vakillari tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Nurillo NASRIEV, O‘zA