Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Sugrali" konida zamonaviy burg‘ilash uskunalari ishga tushirildi
22:07 / 2025-08-15

"Navoiyuran" davlat korxonasi "Zafarobod" kon boshqarmasiga qarashli 4-sonli “Sugrali” konida zamonaviy texnologik burg‘ilash jarayonlari uchun SPT-900SE rusumli yangi uskunalar ishga tushirildi.

Mazkur uskunalar mahalliy tadbirkorlar tomonidan kooperatsiya asosida va shatakka olish mexanizmi doirasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, yuqori ishonchliligi va samaradorligi bilan ajralib turadi.

Uskunalarning ishga tushirilishi qazib olish jarayonlarini tezlashtirish, ish unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokining kengayishi sanoatda import o‘rnini bosish hamda milliy iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shadi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil yakuniga qadar korxonaga shunday turdagi yana 50 ta burg‘ilash qurilmasi yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu esa "Navoiyuran"da geologik-qidiruv va qazib olish ishlarining yanada samarali va uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlaydi.

N. Ziyodullayeva, O‘zA