Sug‘orishda suv isrofini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi
2026-yil 5-mart kuni “Sug‘orishda suv yo‘qotishlarini kamaytirish va suv tanqisligining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi suv yo‘qotilishi yuqori bo‘lgan 389 km kanallarni rekonstruksiya qilish va betonlashtirish maqsad qilingan.
Bunda yiliga o‘rtacha 206 million metr kub suv resurslari hamda 26 million kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilish, sug‘oriladigan 158,4 ming gektar yerlarning suv ta’minotini yaxshilash, suv tanqisligi sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish choralarini ko‘rish belgilandi.
Sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash (betonlashtirish) ishlari birinchi navbatda, “bir kanal – bir tizim” tamoyili asosida avval betonlashtirilgan yoki betonlashtirish boshlangan kanallardan suv oluvchi tarmoqlarda amalga oshirilishi ta’minlanadi.
O‘zA