Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Yana bir masala – Buxorodagi 205 ming gektar yerni sug‘orish uchun 50 ta nasos stansiya yiliga 1,5 million kilovatt-soat elektr sarflamoqda. Ular energiya tejamkor, zamonaviy nasoslarga almashtirilsa, yiliga kamida 400 milliard so‘m iqtisod bo‘ladi.
Viloyatdagi 89 ta sanoat korxonasi davlat tashkilotlariga Kooperatsiya portali orqali mahsulot yetkazib berayotgani - bu juda kamligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, portalda Vobkentdan birorta korxona qatnashmagan, Olot va Peshkudan – 1 tadan, Jondor va Buxoro tumanidan – 2 tadan korxona ishtirok etgan.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga Kooperatsiya portalida haqiqiy ishlab chiqaruvchilar qatnashadigan tartib qilish, ishlab chiqaruvchilarning davlat xarididagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
O‘zA