Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi tomonidan 2016-yilda mijozlarga 15 milliard so‘mlik sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi
16:35 / 2017-02-01

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasida 2016-yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasida 2016-yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish, hududiy filiallar va bo‘limlar ishini faollashtirish, mijozlar talab va ehtiyojlarini puxta o‘rganishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasida bir qator ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi. Xususan, 2016-yildagi investitsiya dasturiga kiritilgan to‘qsonga yaqin loyihaga 17,5 trillion so‘m sug‘urta himoyasi taqdim etildi. Yuridik va jismoniy shaxslar bilan 207 mingdan ortiq sug‘urta shartnomasi imzolangan.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati, ishlab chiqarishni rivojlantirish, korxonalarning eksport salohiyatini oshirishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Mahalliy eksportchilar mulkiy manfaatlarini kompleks sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash uchun 500,8 milliard so‘mlik sug‘urta shartnomalari tuzgani buning yorqin isbotidir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport shartnomalarini cug‘urtalash bo‘yicha 263,5 milliard so‘mlik majburiyatlar olindi.

– 2016-yil yakunlari bo‘yicha kompaniyamizda yig‘ilgan sug‘urta mukofoti 104 milliard so‘mni, olingan sug‘urta majburiyatlari 58,5 trillion so‘mni tashkil etdi, – deydi kompaniyaning axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov. – Shunga mos ravishda to‘lab berilgan mablag‘ hajmi ham ortmoqda. Xususan, aholi, korxona, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga to‘lab berilgan sug‘urta qoplamalari 15 milliard so‘mni tashkil etib, 2015-yilga nisbatan 135 foizga o‘sdi.

Majburiy sug‘urta turlarini rivojlantirish kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi, «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi va “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonunlar bu borada dasturilamal bo‘layotir. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi 5,4 milliard so‘mni, to‘langan sug‘urta qoplamalari 507,7 million so‘mni tashkil etdi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofoti hajmi 386,9 million so‘mga yetgan bo‘lsa, to‘langan sug‘urta qoplamalari 24,8 million so‘mni tashkil etdi.

Yig‘ilishda mavjud sug‘urta mahsulotlarini takomillashtirish natijasida o‘ndan ortiq yangi sug‘urta mahsuloti ishlab chiqilgani, mijozlar talab va ehtiyoji asosida namunaviy sug‘urta shartnomalarining 56 tasiga o‘zgartirishlar kiritilgani qayd etildi. Kelgusida hududiy filiallar ishi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.