Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sug‘urta – qulay ijtimoiy himoya vositasi
18:21 / 2015-05-05

“Kafolat” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Toshkent shahar filiali tomonidan Shayxontohur tumani hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan davra suhbati keksa yoshdagi fuqarolar sug‘urtaviy himoyasiga bag‘ishlandi.

“Kafolat” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Toshkent shahar filiali tomonidan Shayxontohur tumani hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan davra suhbati keksa yoshdagi fuqarolar sug‘urtaviy himoyasiga bag‘ishlandi.

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoitini yaratish, aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini yanada yuksaltirish, sug‘urta sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida yoshi ulug‘ insonlarning hayot darajasi va sifatini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar hayotga izchillik bilan tatbiq etilmoqda.

– Kompaniyamiz tomonidan yoshi ulug‘ insonlarning sug‘urtaviy himoyasini ta’minlash hamda ular o‘rtasida baxtsiz hodisalarning oldini olish, sodir bo‘ladigan zararlar natijasida ularni moliyaviy yo‘qotishlardan himoyalash maqsadida bir qator xizmatlar ko‘rsatilmoqda, – deydi “Kafolat” DASK Toshkent shahar filiali mutaxassisi Sherzod Islomov. – Jumladan, keksa yoshdagi fuqarolarning sug‘urtaviy himoyasini yanada mustahkamlash va ularga qulayliklar yaratish maqsadida “Nuroniy” va “Fayzli xonadon” yangi sug‘urta xizmatlari ishlab chiqildi. Mazkur sug‘urta turlari faxriylar uchun har tomonlama qulay, pasaytiruvchi koeffitsientlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, tomonlar uchun manfaatlidir.

“Fayzli xonadon” keksalarning mol-mulkini sug‘urtalash turi hisoblanadi. Yoshi ulug‘ insonlarga tegishli barcha mulklar “Kafolat” DASK tomonidan keksalarning mulkini sug‘urta qilishning yangi ishlab chiqilgan qoidalariga asosan sug‘urtalanadi. Mazkur sug‘urta turlari bo‘yicha xizmatlarni faxriylar kompaniyaning respublika hududlarida joylashgan 160 dan ortiq bo‘limidan va sug‘urta agentlaridan sotib olishi mumkin.

Tadbirda mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.