Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sug‘urta qoplamasi uchun 12 milliard
15:26 / 2016-02-26

Milliy matbuot markazida “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, Sog‘lom ona va bola yili munosabati bilan ishlab chiqilgan yangi sug‘urta mahsuloti taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Milliy matbuot markazida “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, Sog‘lom ona va bola yili munosabati bilan ishlab chiqilgan yangi sug‘urta mahsuloti taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda «O‘zbekinvest» kompaniyasining hududiy tarmoqlari ko‘payib, xizmatlar sifati yuksalib borayotgani qayd etildi.

O‘tgan yili besh ming sakkiz yuzga yaqin, ya’ni har oyda o‘rtacha 480 sug‘urta da’vosi ko‘rib chiqilgan. Ular asosan ipoteka sug‘urtasi, avtosug‘urta, xavfli ishlab chiqarish obyektlari sug‘urtasi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasi kabi sohalarda amalga oshirilgan. Shu maqsadlarda 12 milliard so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lab berilgan.

Kompaniya 2015-yildagi investitsiya dasturiga kiritilgan 85 loyihaga 16,2 trillion so‘m sug‘urta himoyasi taqdim etgan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport shartnomalarini sug‘urtalash bo‘yicha 219,9 milliard so‘mlik majburiyatlarni qabul qilgan.

«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash», «Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash», «Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta», «Ixtiyoriy mulk sug‘urtasi» kabi 10 turdagi sug‘urta mahsulotini internet orqali elektron to‘lov tizimlari yordamida sotib olish imkoniyati yaratildi. «SMS-xabar» xizmati joriy etildi.

Kompaniyada xizmatlar sifatini yuksaltirish borasidagi tadbirlar samarasida O‘zbekiston moliya bozorida «Moody's» agentligining eng yuqori xalqaro reytingini qo‘lga kiritgan yagona tashkilotga aylandi. Shuningdek, O‘zbekistondagi korxonalar orasida birinchi bo‘lib SGS sertifikatlash organi (Shveytsariya)ning ISO 9001:2015 yangi standarti bo‘yicha qayta sertifikatlandi.

– Jismoniy shaxslar uchun “Ona va bola sog‘lig‘i” deb nomlangan yangi sug‘urta turi taqdim etildi, – deydi kompaniya departamenti bosh menejeri Sayfullo Mirzayev. – Bu xizmat baxtsiz hodisa natijasida ona va uning 16 yoshgacha bo‘lgan bolasi jarohat olganda, tibbiyot muassasasiga shoshilinch joylashtirilganda moddiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Bunda statsionarda davolanish muddatiga qarab turli miqdorda sug‘urta qoplamasi to‘lash ko‘zda tutilgan.

Matbuot anjumanida sohaga jalb etilishi mo‘ljallanayotgan yangi xizmatlar haqida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.