Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sugʻurta – moliyaviy himoya
10:00 / 2020-09-29

Hech bir inson koʻngilsiz voqealardan, baxtsiz hodisalardan, noxush holatlarga tushib qolishdan himoyalanmagan.


Hech bir inson koʻngilsiz voqealardan, baxtsiz hodisalardan, noxush holatlarga tushib qolishdan himoyalanmagan. 

Kutilmagan baxtsizlik koʻp tashvishlar keltiradi, ayniqsa oʻlim holati bilan bogʻliq vaziyatlarda. Baʼzi oilalar nafaqat yaqin insonidan, balki yagona boquvchisidan, taʼminotchisidan ayriladi. Shunday nohush holatlarda jabrlanuvchining qaramogʻida qolgan nafaqadagi ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, voyaga yetmagan yosh farzandlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida sugʻurta yordamga keladi.

Mamlakatimizda 2009-yil 16-aprelda “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Ushbu hujjatga koʻra xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha ish beruvchi oʻz fuqarolik javobgarligini Qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurtalashi shart. Baxtsiz hodisa, yaʼni sugʻurta hodisasi yuzaga kelganida sugʻurta kompaniyasi jabr koʻrgan xodimga yoki uning oila aʼzolariga sugʻurta qoplamasini toʻlab beradi.

“KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi” AJga ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash turi boʻyicha doimiy murojaatlar kelib tushadi. Kompaniya xodimlari sugʻurta daʼvolarini operativ koʻrib chiqib, sugʻurta qoplamalarini toʻlab kelmoqda.
Jumladan: 

- Kompaniyaning Buxoro viloyati filiali tomonidan yuqoridagi sugʻurta turi boʻyicha sugʻurta qilingan korxona haydovchisi ish vaqtida YTH tufayli hayotdan koʻz yumgan. Endigina 31 yoshdan oshganida vafot etgan yigitning qaramogʻida ota-onasi, ayoli va hali 1 yoshga ham toʻlmagan qizi oila boquvchisidan ayrilgan. “KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi” AJ tomonidan vafot etgan fuqaroning oila aʼzolariga 643 529 644 soʻm miqdorida sugʻurta qoplamasi toʻlab berildi.

- Kompaniya tomonidan sugʻurta qilingan Fargʻona viloyati Dangʻara tumanidagi maktablarda ish faoliyatini olib borgan ikkita xodim ish paytida YTH tufayli hayotdan bevaqt koʻz yumgan. Baxtsiz hodisa tufayli olamdan oʻtgan birinchi xodimning qaramogʻidagi nogiron otasi hamda balogʻat yoshiga toʻlmagan ikkita farzandiga “KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi” AJ tomonidan 413 643 567 soʻm, olamdan oʻtgan ikkinchi xodimning qaramogʻidagi onasi, ayoli hamda voyaga yetmagan ikkita farzandiga 509 442 762 soʻm sugʻurta qoplamasi toʻlandi.

- Kompaniya tomonidan sugʻurta qilingan Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi davlat muassasalarining birida xizmat qiluvchi fuqaro ish vaqtida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa tufayli tan jaroxati olgan. Natijada jabrlanuvchi bir umrga 40 foiz mehnat qobiliyatini yoʻqotgan va III gurux nogironi boʻlib qolgan. Jabr koʻrgan fuqaroga “KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi” AJ tomonidan 349 069 230 soʻm sugʻurta qoplamasi toʻlab berildi.

- Samarqand viloyatidagi MCHJlarning birida xodim ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotgan paytda baxtsiz xodisa tufayli jaroxat olgan. Natijada fuqaro bir umrga 80 foiz mehnat qobiliyatini yoʻqotgan va II gurux nogironi boʻlib qolgan. Sugʻurta hodisasi kompaniya tomonidan koʻrib chiqilib, jabrlanuvchiga 569 641 029 soʻm miqdorida sugʻurta qoplamasi toʻlangan. 

Avvalo, hech kim, hoh u ish joyida boʻlsin, hoh koʻchada yoki uyida boʻlsin, hech ham bahtsiz hodisaga uchramasin..... Ammo bunday koʻngilsiz holatlar sodir boʻlganida, sugʻurta Siz va yaqinlaringizga yordam beradi. 

Oʻzingiz va oila aʼzolaringizni asrang, sugʻurta qildirishni unutmang!

Manba: “KAFOLAT sugʻurta kompaniyasi” AJ Axborot xizmati.