Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sug‘urta infratuzilmasi kengaymoqda
16:36 / 2015-08-10

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining joriy yil birinchi yarmidagi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining joriy yil birinchi yarmidagi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi raisi F.Saidahmedov va boshqalar hisobot davrida sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, mahalliy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mijozlar talab va ehtiyojlarini puxta o‘rganishga qaratilgan sa’y-harakatlar o‘zining ijobiy natijalarini berganini ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan joriy yilgi iqtisodiy dasturning muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompaniyada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, dasturga kiritilgan 47 loyihaga umumiy qiymati 14 trillion so‘m sug‘urta himoyasi taqdim etildi. Bu boradagi ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 119 foizni tashkil etdi.

Xizmat ko‘rsatish turlarini targ‘ib qilish mijozlarni jalb etishning eng samarali yo‘li hisoblanadi. Shu bois bugungi kunda moliya muassasalari barqaror natijaga erishish maqsadida hududiy tuzilmalarni ko‘paytirmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining Farg‘ona viloyati filiali negizida Quva va Beshariq, Buxoro viloyatining Olot, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay, Toshkent shahrining Sergeli, Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida sug‘urta bo‘limlari ochilib, ularning soni qariyb 130 taga yetdi.

Kompaniya mahalliy eksportchilarni kompleks sug‘urtalash bo‘yicha faol ishtirok etmoqda. Ko‘rsatilgan bunday xizmatlar hajmi 113,4 milliard so‘mni, jumladan, 3,7 million dollarni tashkil etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport shartnomalarini cug‘urtalash bo‘yicha 25 milliard so‘m majburiyatlar qabul qilindi. Rossiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qozog‘iston kabi davlatlarga eksport qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, gilam, ip va trikotaj mahsulotlari, noto‘qima mato, avtoehtiyot qismlar bo‘yicha taqdim etilgan sug‘urta xizmatlari shular sirasidandir.

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi va “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosini ta’minlash kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biridir. O‘tgan davrda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi 1,8 milliard so‘mni, ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari 2,8 milliard so‘mni tashkil etdi.

«Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi ijrosi doirasida yoshi ulug‘ insonlarni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish bo‘yicha yangi «E’tibor» sug‘urta turi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

Tadbirda kompaniya filiallari, bo‘linma hamda xizmat ko‘rsatish agentliklari orqali aholiga taqdim etilayotgan sug‘urta xizmatlarini kengaytirish va yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.