Sudyalar oliy kengashi sudyalarni nafaqat lavozimga tayinlash, balki ularning qonun doirasida faoliyat yuritishini o‘rganib ham bormoqda.
Qo‘yilgan talablarga javob bermayotgan sudyalar ishdan ketmoqda.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan sudyalik qasamyodini buzganligi uchun hamda yozma arizasiga asosan Aziz Sadirov Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Qayd etib o‘tamizki, 2021 yilda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar faoliyati o‘rganilib, kamchilikka yo‘l qo‘ygan 220 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari 19 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilib, vazifasidan ozod etildi. 2022 yilning birinchi choragida esa 22 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilib, vazifasidan ozod etilgan bo‘lsa, intizomiy javobgarlikka tortilganlar 80 nafarni tashkil etgan.
2021 yilda vakolat muddati tugagan 12 nafar sudya navbatdagi muddatga noloyiq, deb topilgan bo‘lsa, 2022 yilning birinchi choragida bu miqdor 4 nafarni tashkil etgan.
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/ezplBNdNmcI" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe> O‘zA