Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalik lavozimlariga nomzodlar tayyorlash kursiga qabul davom etmoqda
22:23 / 2022-05-05

Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab sudyalik lavozimlariga faqat o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslargina tayinlanadi.

O‘zbekiston sud tizimi tarixida birinchi marta tashkil etilgan mazkur Oliy maktabning 2022/2023 o‘quv yili uchun Sudyalik lavozimlariga nomzodlar tayyorlash kursiga joriy yilning 15 aprelidan boshlab yana hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

Ayni paytda sudlarning turlaridan kelib chiqqan holda fuqarolik ishlari, jinoyat ishlari, iqtisodiy va ma’muriy ishlar mutaxassisliklari bo‘yicha kursga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Tayyorlov kursiga yoshi 30 dan kam bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Tayyorlov kursi davlat grantlari asosida, bir yillik ta’lim dasturi bo‘yicha olib boriladi. Tinglovchilarga stipendiya to‘lanadi.

Nomzodlar Sudyalar oliy maktabiga yoki elektron shaklda www.sudyalaroliymaktabi.uz; www.sudya.uz manzilga hujjatlarni topshirishi mumkin.

Qabul 2022 yilning 15 mayigacha davom etadi.

O‘zA