Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘i majburiy sug‘urta qilinadi
13:09 / 2022-03-09

Vazirlar Mahkamasining “Sudyalar va ular oila a’zolarining moddiy hamda ijtimoiy ta’minotiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini kompleks tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

 Qaror bilan “Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlanishi ko‘zda tutilmoqda. 

Belgilanishicha, Oliy sud sudyalariga va ularning oila a’zolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi muassasalarida ko‘rsatiladi. 

Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi. 

Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish tartibi 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgani inobatga olinadi. 

Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qo‘shiladigan qo‘shimcha haq miqdorlari, sudlar va adliya organlari va muassasalarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega bo‘lgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilgani uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari, martaba darajalari uchun sudlar va adliya organlari va muassasalari xodimlarining lavozim maoshlariga qo‘shiladigan qo‘shimcha haq miqdorlari tasdiqlanadi. 

Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996 yil 12 apreldagi qaroriga (6-ilovaga  muvofiq) o‘zgartirishlar kiritiladi. 

O‘zA