Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalarni tayinlash ochiqlik asosida o‘tkazildi
22:29 / 2020-12-22

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 31 nafar sudyani vakolat muddatiga qayta tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Ma’lumki, Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlar negizida (sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari faoliyat boshlaydi. 

Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tadi. 

Farmon bilan sudlarning tashkiliy tuzilmasiga kiritilayotgan mazkur o‘zgarishlar muayyan ixtisoslashuv bo‘yicha faoliyat yuritayotgan sudyalarni lavozimlarga qayta tayinlashni taqozo qiladi. 

Shu nuqtai nazardan o‘tkazilgan qayta tayinlashga oid tadbir zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnoologiyalari vositada amalga oshirildi. 

Boisi sud tizimiga yetarli bilim va hayotiy tajribaga ega bo‘lgan munosib kadrlarni tanlash va lavozimga tayinlash jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etish  Prezident farmonida belgilab berilgan. 

Tayinlov ochiq suhbat va tanlov asosida o‘tkazildi. Barcha jarayonlar (kengash a’zolarining maslahatlashuvidan tashqari) maxsus monitoringda yoritib borildi. Ommaviy axbrot vositalari xodimlariga jarayonni bevosita kuzatib borish imkoni yaratildi. 

Bu bir tomondan kengash ochiqlik va shaffoflik mezonlari asosida faoliyat yuritayotganini bildirsa, ikkinchi tomondan mazkur  jarayonga axborot texnologiyalari joriy etila boshlaganini anglatadi.

Inson omili kamaygan joyda byurokratik to‘siqlar kamayishi turgan gap. Yakunda 31 nafar sudyadan 27 nafari vakolat muddatiga qayta tayinlandi. Ikki nafari vazifasidan ozod etildi. Bir nafari nomunosib, deb topildi va yana bir nafari zaxiraga qoldirildi.

N.Abduraimova, O‘zA