Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalar yoshlarga saboq berdi
19:10 / 2025-06-09

“Yoshlar oyligi” doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ular o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida joylarda sud organlari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Nukus tumanlararo ma’muriy sudining sudyalari tomonidan Nukus shahridagi Yoshlar markazi binosida tashkil etildi. Dastlab Nukus tumanlararo ma’muriy sudining raisi R. Jumaboyev yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.  Xususan, u yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish uchun amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, ta’lim-tarbiya ishlari va unda huquqiy targ‘ibot tadbirlarining ahamiyatiga urg‘u berdi.

Shundan so‘ng, Nukus tumanlararo ma’muriy sudining  sudyalari  A. Soliyev, Q. Bobonazarov hamda S. Karamatdinovalar tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi.  

Tadbir doirasida real sud muhokamasi o‘tkazilib, unda asosan pensiya tayinlash va uning ta’minoti bilan bog‘liq ma’muriy nizolar ko‘rib chiqildi,  fuqarolarning huquqlari va ularni himoya qilish tartibi muhokama qilindi.

Sudyalar tomonidan ishtirokchilarga ishning huquqiy asoslari, dalillarni baholash jarayoni hamda qabul qilingan qarorning mazmuni tushuntirildi. Shuningdek, yoshlarga ma’muriy huquqbuzarliklarning oqibati, fuqarolik mas’uliyati va qonun ustuvorligining ahamiyati haqida ham ma’lumot berildi.

Yoshlar sud jarayonini kuzatish orqali ularning faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni, fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish va qonuniylikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri