Joriy yilning 21-27 fevral kunlari butun mamlakatimizda bo‘lgani singari Sirdaryo viloyatida ham “Inson huquqlari” haftaligi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur huquqiy tadbir Prezidentimizning 2023 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, haftalik doirasida barcha mahallalarda “Sudya va yoshlar” targ‘ibot uchrashuvlari, ta’lim muassasalarida esa “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida ma’rifat hamda axborot soatlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Haftalik tadbirlari viloyatdagi yirik ta’lim muassasalarida o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyat va tuman sudlari raislari. sudyalari ishtirok etgan tadbirlarda yoshlarning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xabardorligini, davlat organlari xodimlarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, inson huquqlari sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini, zamonaviy texnologiyalar, badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya berish tizimining samaradorligini yaxshilash yo‘nalishlarida bildirilgan takliflar muhokamalarga mavzu bo‘ldi.

Yoshlarning bergan savollari ayrim ta’lim dargohlarida bugungi kunda “Yosh huquqshunoslar” to‘garaklari faoliyat olib borayotganligi huquqiy bilim va madaniyatni shakllantirishda o‘ziga xos tizim ishlayotganini namoyon etdi.
Shuhrat Suyarov,
O‘zA