Navoiy viloyati sudlari sudyalari va sud xodimlari “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini futbol, shaxmat va stol tennisi musobaqalarida kuch sinashdilar.

Tadbir sudyalar va sud xodimlarining jismoniy faolligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sport orqali ishchi jamoalar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va yaqin aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Musobaqalarda viloyat sudlari, ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar sudyalari, sud xodimlaridan iborat jamoalar qatnashdilar.
Shaxmat musobaqasida sudyalar strategik fikrlash va e’tiborni jamlash borasida o‘z mahoratini namoyon etgan bo‘lsa, stol tennisi va mini futbol musobaqalarida esa jamoaviy o‘yin madaniyatini va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon qilishdi.


Musobaqalar so‘nggida g‘olib va sovrindorlar hamda faol ishtirokchilar taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri