Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
15:37 / 2025-11-30

Poytaxtimizda Prezidentimizning 2025 yil 19 iyundagi tegishli farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan sudyalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan iborat to‘qqiz jamoa o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, sudyalar, prokuratura, ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, soliq, Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari hamda advokatlar jamoaviy rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE qoidalari asosida raqobatlashdi. Bellashuvlar shveysarcha tizimda 7 turdan iborat bo‘lib, har bir partiya uchun 10 daqiqa va har yurishga 2 soniyadan qo‘shimcha vaqt berildi.

Jamoaviy natijalarga ko‘ra, DXX jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ichki ishlar organlari jamoasi ikkinchi o‘rinni, Advokatlar palatasi jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi. Shaxsiy natijalarda Ichki ishlar organi vakili Sherbek Xurramov musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Nodira Nodirjonova (DXX) ikkinchi, Timur Mustafin (DXX) esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Senat mutasaddilari tomonidan g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA