Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalar va advokatlar ochiq muloqoti
19:58 / 2022-03-29

Iqtisodiy nizolarni hal etishda odil sudlovning samaradorligini oshirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.

Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati va Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan tashkil etilgan tadbirda sudyalar, deputatlar, senatorlar, advokatlar, huquqshunoslar ishtirok etdi.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizolar, odil sudlov samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Sud amaliyotida yuzaga kelayotgan masalalarni hal etish, bu borada sudyalar va advokatlarning mas’uliyatini yanada oshirishga e’tibor qaratildi.

Tadbirda advokatlar tomonidan sudga hujjatlarni elektron shaklda yuborish, sud hujjatlarini elektron shaklda olish, sud ishlari holatini onlayn kuzatib borish bilan bog‘liq elektron sud xizmatlaridan keng foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

[gallery-6344]

Sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilayotgani natijasida iqtisodiy sudlarga murojaatlarni elektron shaklda berish va sud hujjatlarini elektron shaklda taraflarga jo‘natilishi yo‘lga qo‘yilgan.

2022 yil 1 yanvardan boshlab sudlar faoliyatiga “Adolat” axborot tizimlari kompleksi joriy etilgani bunga zamin yaratdi. Endilikda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga da’vo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etishdek qulaylik bor.

Manfaatdor shaxslar tomonidan da’vo, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish, sud majlisi ishtirokchilari tomonidan ma’lumotlar va hujjatlarni elektron shaklda yuborish, sud hujjatlarini sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimidan foydalangan holda avtomatlashtirilgan ravishda shakllantirish ham mumkin.

Advokatlar sudlar bilan o‘zaro munosabatlarda elektron shakldagi axborot tizimlaridan keng foydalana boshladi.

Bundan tashqari, Telegramm ijtimoiy tarmog‘ida “Sud.uz” telegramm boti joriy etilgan bo‘lib, taraflarning u orqali berayotgan murojaatlariga muayyan soatlar ichida javob berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan yuridik shaxslarning huquqlarini iqtisodiy sudlarda himoya qilish, taraflarning nizo bo‘yicha o‘zaro kelishuviga erishishda advokatlarning rolini oshirish bilan bog‘liq takliflar bildirildi.

O‘zA