Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
13:42 / 2024-06-22

Senat yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Muhokama yakunida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga asosan:

– Muzaffar Zafarovich Kukiyevni besh yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi a’zosi – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimiga,  

– Xudoyqul Tojiyevich Azizov, Asqarjon Boyisovich G‘afurov va Ahrorxon Mo‘minovich Hoshimxonovni besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi a’zosi lavozimiga sayladi. 

Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi a’zosi Qahramon Uljayevning vakolati muddatidan ilgari tugatildi.  

Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.  

N.Abduraimova,

O‘zA