Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ochiq tanlov va muqobillik asosida ayrim sudyalarni vakolati muddati davriga qayta tayinlashga doir masala muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Komilov Sherali Hoshimovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Tojiboyev Nuriddinjon Yoqubovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Dedamirzayeva Muhayyo Yusupjanovna – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Ahmedov Furqatali Oktamaliyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
Sultonov Rustam Dilshodovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Mirzakarimova Nigoraxon Ibragimovna – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
Bundan tashqari yig‘ilishda vakolati yakuniga yetgan ayrim sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga tayinlashga doir masala ham ko‘rib chiqildi.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Jo‘rayeva Dilfuza Ro‘zimuratovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Kenjabayev Akmal Axmatjanovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tumani sudining sudyasi lavozimiga;
Rahimov Davlat Davronovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Sariboyev Sanjar Abduvaliyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumani sudining sudyasi lavozimiga;
Sangirov Nodirbek Rahmon o‘g‘li – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Turdimuradov Jahongir Narziqulovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Qodirov Alibek Davronovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Boboyeva Dildora Norboy qizi – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
O‘zA