Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalar oliy kengashi: sudlarda yangi tayinlovlar amalga oshirildi
10:29 / 2023-05-24

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ochiq tanlov va muqobillik asosida o‘tgan muhokamalar natijasida ayrim tuman va tumanlararo sudlarga yangi raislar tayinlandi. Shuningdek, bir necha nafar sudyaning ish joyi o‘zgardi. Yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:  

Ergashev Avazjon Yigitaliyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;  

Xoliqov Xudoberdi Komilovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;  

Arapov Rahmatjon Ergashovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;  

Abdubannabov Mahkamjon Murodilovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;  

Omonov Shehroz To‘rayevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;  

Hamidov Ilhomjon Ergashovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;  

Rasulov Oybek Melisovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;  

Sattorov Omon Ilhomovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;  

Niyozov Shoxruh Furqatovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;  

Yo‘ldosheva Shahnoza Muhammadjonovna – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;  

Shaymanov Ikromjon Shaydullayevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;  

Mirzayev Abdusalom Qurbonpo‘latovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;  

Abdiraimov To‘lqin Mamaraimovich – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.  

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:  

Ismoilov Mavlonbek Matyoqubovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;  

Shamsiyeva Dilfuza Abdumo‘minovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga; 

Sadirov Jalol Jumayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.  

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:  

Inoyatova Nargiza Iskandarovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.  

 

Sudyalar oliy kengashi  

matbuot xizmati.  

O‘zA