Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalar olis qishloqda sayyor qabul o‘tkazdi
08:08 / 2024-09-28

Qashqadaryo viloyati sudlari mutasaddilari tomonidan Yakkabog‘ tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy mavzudagi murojaatlariga yechim izlashga qaratilgan ishlarni jonlantirish maqsadida Qashqadaryo viloyati sudlari mutasaddilari tomonidan Yakkabog‘ tumanining olis Tatar mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.

Cayyor qabul davomida turli masalalarda huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 16 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Qabul qilingan fuqarolarning 8 tasi fuqarolik, 4 tasi jinoyat va 4 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha murojaat qildi. Murojaatlar sud mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Ko‘mak so‘rab kelgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri