Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalar odobi kodeksi uch tilda nashr etildi
11:10 / 2024-12-04

Joriy yilning may oyida Sudyalar oliy kengashi qarori bilan Sudyalar odobi kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi.

Bu sudyalarning kasbiy faoliyatini amalga oshirishida rioya qilishi shart bo‘lgan axloq-odobiga oid talablarni aniqlashtirish, amaldagi qonunchilikda mavjud bo‘lgan normalarning takrorlanishiga chek qo‘yish hamda yangilangan Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish maqsadida amalga oshirildi.

Yangi tahrirdagi Sudyalar odobi kodeksi o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etildi.

Sudyalar odobi kodeksida BMTning “Sud organlari mustaqilligining asosiy tamoyillari”, “Sudyalarning xulq-atvoriga oid Bangalor prinsiplari”, “Sudyalarning umumjahon xartiyasi”da nazarda tutilgan tavsiyalar, yaqin va uzoq xorij davlatlari tajribalarini o‘rganish natijalari aks etgan.  

Sudyalar odobi kodeksi sudya uchun odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq kasbiy faoliyatida, shuningdek xizmatdan tashqari vaqtda amal qilishi lozim bo‘lgan odob-axloq, xulq-atvor qoidalari majmui hisoblanadi.

Hujjatdagi qoidalarni kengroq tushuntirish, ularning nafaqat huquqiy va ijtimoiy, balki ma’rifiy ahamiyatini izohlash maqsadida kengash tomonidan “Sudyalar odobi kodeksiga sharhlar” kitobi ham nashrga tayyorlamoqda.

N.Abduraimova, O‘zA