Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalar korpusida o‘zgarish va yangilanishlar bo‘ldi
08:49 / 2023-09-19

Odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod etilganlar ham bor.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Prezidentning tegishli farmoyishi bilan:

Farhodjon Boqijonovich G‘aniyev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Andijon viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi;  

Akram G‘ayratovich Shukurov  – sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek:

Uchqun Xolboyevich Ro‘ziyev – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati sudining raisi lavozimiga (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan);

Akrom Jo‘raqulovich O‘tayev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati sudining raisi lavozimiga (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan);

Shuhrat Maratovich Kamolov – sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyati sudining raisi lavozimiga (bungacha Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimida ishlagan);  

Farruh Soyibjonovich Abduraimov – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga (bungacha Farg‘ona viloyat sudi sudyasi lavozimida ishlagan) tayinlandi.

                         ***

Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, yozma arizalariga asosan:

Tal’atjon Baxtiyorovich Meliboyev – Andijon viloyati sudining raisi lavozimidan;

Lukmon Muxtorovich Qodirov – Buxoro viloyati sudining raisi lavozimidan;

O‘tkirjon Buranovich Jumayev – Jizzax viloyati sudining raisi lavozimidan;

Bahodir Xusainovich Polvonov – Xorazm viloyati sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

                       ***

Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq:

Isomiddinov Xurshidbek Qobilovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va  shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Soliyeva Umidaxon Hamidovna – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Darvishaliyev G‘ayratali Umataliyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Yorov Habibullo Abdulhayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyati ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo ma’muriy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Bo‘riyev Aliakbar Mustafaqul o‘g‘li – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo ma’muriy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Madaminov Doniyorjon Maxmudjonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Yulchiyeva Sohibaxon Qodirjonovna – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Ko‘chkinova Iqbol Hoshimovna – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Sultanova Adila Xayritdinovna – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Bobonazarov Jahongir Nuraliyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

                            ***

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan bir guruh bitiruvchilar ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi:

Akimniyazov Nurlibay Arafatdinovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Boboraimova Mavluda Mirzakarimovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Abdusalamova Nozima Safarovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Yo‘lchiyev Otabek To‘lqinovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Qosimov Akmaljon Akbarjonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Temirov Azamat Tairjonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Arabboyev Sherzodbek Ne’matullayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

                              ***

Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi D. Xayrullayeva – yozma arizasiga binoan hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun;

Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi S. Abdurahmonova  – yozma arizasiga binoan lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

O‘zA