French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalar kengashlarining universal prinsiplari ishlab chiqiladi
12:02 / 2021-04-17

Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida davlatimiz rahbarining BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi ma’ruzasida ilgari surilgan g‘oyalar va undan kelib chiqadigan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Sudyalar oliy kengashi raisi X.Yodgorov O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng huquqli sub’ekti sifatida 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakat tarixida ilk bor BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining a’zosi maqomiga ega bo‘lganini ta’kidladi.

Kengash sessiyasida davlatimiz rahbari Sudyalar kengashlari faoliyatining universal prinsiplarini ishlab chiqish haqida taklif bildirdi.

Davra suhbatida ishtirok etgan ekspertlar Sudyalar kengashlari faoliyatining universal prinsiplarini ishlab chiqishda milliy amaliyot, amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va bu boradagi xalqaro tajribani qiyosiy tarzda o‘rganib chiqish kerakligiga e’tibor qaratdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq islohotlari qo‘mitasi a’zosi Davron Aripov, yuridik fanlari doktori Yo‘ldosh Jo‘rayev Sudyalar kengashlari faoliyatining universal prinsiplarini ishlab chiqishda har bir davlat o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olishi kerakligini ta’kidladi. Uni tayyorlashda mutaxassislar o‘zaro fikrlashib, loyihasini muhokamalardan o‘tkazib, keyin tasdiqlanishi maqsadga muvofiq.

E’tirof etildiki, bugungi kunda Sudyalar kengashlari faoliyatining universal prinsiplariga oid xalqaro hujjat mavjud emas. Shuning uchun ham jahon davlatlari sudyalar hamjamiyati organlarida umumiylik kuzatilmaydi. Ushbu dolzarb muammoni bartaraf etish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgani mamlakatimizda inson huquqlarini sud orqali kafolatli himoyalashga eng ustuvor masalalardan biri sifatida qaralayotganini ko‘rsatdi.

Tadbirda bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar umumlashtirilib, hujjatni ishlab chiqishda e’tiborga olinadigan bo‘ldi.

N.Abduraimova, O‘zA