English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalar ishtirokida targ‘ibot tadbiri
12:36 / 2023-05-25

Qashqadaryo viloyati sudlari raislari va o‘rinbosarlari ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunchilikdagi yangiliklar mazmunini aholi o‘rtasida keng yoritish maqsadida Kasbi tumani Maymanoq mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyat sudi raisi Abduqayum Mahkamov va boshqalar sud-huquq sohasidagi islohotlar, keng qamrovli o‘zgarishlar, mamlakatimizda sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, sud tizimida odil sudlov samaradorligini oshirish, shu orqali xalqimizning sudlarga bo‘lgan qat’iy ishonchini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamiyatimizda oilani mustahkamlash, uni asrab-avaylash va daxlsizligini ta’minlash hamda ajrashishlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratish muhim masalalardan ekanligi ta’kidlandi.  

 

O‘lmas Barotov, O‘zA.