French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudyalar ezgu ishga hissa qo‘shdi
10:24 / 2022-11-06

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish, yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida bu borada aniq vazifalar belgilab berilgan.  

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va bu orqali respublikamizda yashil maydonlari ko‘paytirilmoqda.

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi va Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari va sud xodimlari bilan birgalikda sud binosi hovlisi atrofiga 50 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Maqsad, manzarali va mevali daraxtlarni asrab-avaylash, daraxtlarni kesishga qarshi kurashish, daraxtlarni ko‘paytirish va o‘stirishga e’tiborni kuchaytirishdan iboratdir.

— Ona tabiatni asrash insoniylik burchimizdir, — deydi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi raisi Hamidjon Kayumov. — Yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, tabiatga mehr va e’tibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun bizdan yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash, daraxt ko‘chatlarini ekib, bog‘ yaratish talab qilinadi, xolos.  

Aksiya doirasida ekilgan ko‘chatlarni vaqtida sug‘orib, agrotexnika talablari asosida parvarishlash ham muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan bugun ekilgan nihollar ertaga bog‘ga aylanib, sud binosiga  tashrif buyuruvchilarning dillarini shod etishi shubhasizdir.

 

Sh.Ermetova,  

Fuqarolik ishlari bo‘yicha  

Chirchiq tumanlararo sudi sudyasi.  

O‘zA