Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sudya va yoshlar” uchrashuvi
11:00 / 2021-12-02

Farg‘ona viloyati Abu Ali Ibn Sino nomidagi Rishton jamoat salomatligi texnikumi binosida talaba yoshlar bilan “Sudya va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining raisi A.Roziqov hamda sudyalar M.Umarova va O.Jiyanovlar, texnikum direktori K.Ro‘zaliyev hamda o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.


Qayd etilganidek, korrupsiya barcha jamoatchilik institutlarini normal faoliyat yuritishi va mexanizmiga putur yetkazadi, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Inson huquq va erkinliklarining buzilishiga olib keladi, jamiyatda davlat hokimiyatiga nisbatan ishonchsizlikni vujudga keltiradi va mamlakat xavfsizligiga xavf tug‘diradi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk davrdayoq korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish, sohasidagi qonunchilik bazasini yaratish bo‘yicha izchillik bilan, muntazam ravishda tub islohotlar olib borilmoqda hamda samarali va maqsadga yo‘naltirilgan choralar ko‘rilmoqda.

 Jumladan, mamlakatimizda korrupsiyaning samarali oldini olish, davlat qurilishi va boshqaruvining barcha sohalarida demokratik islohotlarni o‘tkazish, xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga qaratilgan va Konstitutsiyaga asoslangan mustahkam normativ-huquqiy baza shakllantirildi.

Mazkur huquqiy baza 18 ta kodeks, 50 dan ortiq qonun va 100 dan ortiq qonunosti hujjatlarini o‘z ichiga qamrab oladi.

Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, “Sudlar to‘g‘risida”, “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi huquqiy mexanizmlarni mustahkamlashga xizmat qildi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi va “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunlar korrupsiyaga qarshi kurashishda ancha ahamiyatli hujjatlar hisoblanadi.

Oilaviy-maishiy zo‘ravonlik – oilaning bir a’zosiga nisbatan boshqa bir a’zosi yoki a’zolari tomonidan muntazam davom etib keluvchi, takrorlanib turuvchi zo‘ravonligidir va u asosan oila ichida ro‘y beradi. Jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zo‘ravonlik kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
 
 Buning uchun O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi ishonch telefoni ishga tushgan. “Ishonch telefon”lari zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar va qizlarga og‘ir vaziyatdan chiqishlariga yordam berib, ruhiy, huquqiy hamda tibbiy ko‘mak beradi. Va eng asosiysi, bunda ayolning xohishiga ko‘ra, uning shaxsi va murojaati  sir saqlanadi.
 Oilaviy zo‘ravonlikni hech qanday sharoitda oqlab bo‘lmaydi, chunki u insonning asosiy huquqlariga dahl qiladi. Zo‘ravonlik faqat jismoniy kuch ishlatish bilan emas, ruhiy, axloqiy, iqtisodiy va maishiy bosim ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi mumkin. Haqoratlash, majburlash, zo‘rlash, iqtisodiy cheklovlar qo‘yish, muntazam ruhiy qiynoqqa solish kabi holatlar ham zo‘ravonlik sifatida baholanadi.

Ma’lumki, sog‘lom oilani shakllantirishning asosiy shartlaridan biri ayolning biologik va ma’naviy yetuk yoshda turmush qurishidir. Ularning oilaviy hayotga ruhiy, jismoniy, tibbiy, ma’naviy jihatdan tayyor emasligi bir qator salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Chunonchi, farzandni tarbiyalash, turmush o‘rtog‘i va oila a’zolari bilan munosabatlarni o‘rnatish, ro‘zg‘or ishlarini yuritishda qiyinchiliklarga duch keladi. Psixologik yetuklik shaxsning turli hayotiy vaziyatlarni to‘g‘ri baholay olishidir. Unda hamdardlik, hamfikrlik, g‘am-tashvishga sheriklik, sabr-toqatlilik kabi xususiyatlar mujassam. Psixologik yetuklik shaxs xulqining turli sharoitlarga moslashuvchanligida namoyon bo‘ladi.

Ucharshuv so‘ngida texnikum o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga sudyalardan javoblar va o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar olishdi.