Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudya va sud xodimlari sportda bahslashdi
11:29 / 2025-11-04

Xorazm viloyatida sudya va sud xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sport musobaqalari muntazam ravishda o‘tkaziladi.

Navbatdagi musobaqalar sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha tashkil etildi.  

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy sudning “Sudya va sud apparati xodimlarining ma’naviyati va madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan viloyat sudi tomonidan sud tizimida sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish, sudya va sud xodimlarining jismoniy faolligini oshirish, ularni sportga keng jalb qilish maqsadida mana shunday turli musobaqalar tashkil etilmoqda, – deydi viloyat sudi sudyasi Akbar Aminov. – Zero, muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanish insonning diqqatini jamlaydi, stressni kamaytiradi va kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishishga yordam beradi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan turnirda dastavval har bir sport turi bo‘yicha kuchlilar saralab olinib, keyingi bosqichda ular o‘zaro bellashishdi. Yarim final va final o‘yinlarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratganlar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.  

Musobaqalarda stol tennisi bo‘yicha  birinchi o‘rinni viloyat sudi sudyasi Mahmud Mahmudov, shaxmat bahslarida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi sudyasi Rashid Safoyev ga teng keladigan raqib topilmadi.  

Shashka musobaqasi ham qizg‘in o‘tdi. Tezkor fikrlab, aniq harakat qilgan Urganch tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Nilufar Allaberganova 1-o‘rin sohibasi bo‘ldi.  

[gallery-26067]

– Sudyalar faoliyati yuksak mas’uliyat va doimiy ruhiy zo‘riqishni talab etadi, – deydi Urganch tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Nilufar Allaberganova. – Shu bois ularning jismoniy va ruhiy sog‘lomligini saqlash, ish qobiliyatini oshirish hamda jamoada sog‘lom muhitni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun sport va sog‘lom turmush tarzi eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. Sudyalar va sud xodimlari o‘rtasidagi bu kabi sport tadbirlari nafaqat ularning sog‘ligini mustahkamlaydi, balki jamoadagi o‘zaro hamjihatlikni kuchaytiradi.  

Tantanali taqdirlash marosimida g‘oliblarga diplom, medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ahmadjon Shokirov,  

Behzod Saidov (surat), O‘zA