Sudya va sud xodimlari ham hasharda faol ishtirok etishdi
Yurtimizda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Navoiy viloyati sudlari jamoasi ham faol ishtirok etishmoqda.
Hashar – xalqimizning eng xayrli va ezgu amallaridan biri sanaladi. Zotan, aynan hashar yo‘li bilan amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va tozalik ishlari bois shaharu qishloqlarimiz o‘zgacha chiroy va tarovat kasb etadi.


Bugun erta tongdan sudya va sud xodimlari ham ozodalik va poklik tadbirlarida ishtirok etib, yurtimiz obodligiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdilar.


Hashar davomida sudlar binosi hududi, yon-atrofi va hovlisi, ariqlar, ko‘cha va yo‘laklar tozalanib, mavjud daraxt ko‘chatlari oqlandi va tartibga keltirildi. Xizmat xonalarida sanitariya-gigiyenik ishlari amalga oshirildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri