Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudya va sud xodimlari bellashdi
15:31 / 2020-11-23

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud sudya va markaziy apparat xodimlari o‘rtasida stol tennisi va shaxmat bo‘yicha sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Stol tennisi bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda 64 nafar, shaxmat bo‘yicha 28 nafar sudya va sud xodimlari dastlabki saralash bosqichlarida qatnashdi.

[gallery-127]

Murosasiz va qiziqarli o‘tgan bellashuvlarda stol tennis bo‘yicha 1-o‘rinni Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati katta konsultanti E. Bobojonov egalladi. Keyingi o‘rinlarga Sud amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish boshqarmasi katta konsultanti S. Asqarov va Oliy sud ruxsatnomalar byurosi xodimi I. Normatov munosib deb topildi.

Aql charxi bo‘lgan shaxmat musobaqalarida 1-o‘rin Oliy sud “Kuch adolatda” gazetasi bosh hisobchisi T. Ashurov, 2-o‘rinni xo‘jalik bo‘limi xodimi A. Gudojnikov, 3-o‘rinni AKT va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi bosh konsultanti I. Kabilovga nasib etdi.

G‘oliblarga Oliy sud raisining faxriy yorlig‘i va musobaqa kuboklari topshirildi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA