Xorazm viloyat soliq boshqarmasida sud va soliq organlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarni tashkil etishdan maqsad sudlarda ko‘rib chiqilayotgan soliq nizolariga doir ayrim masalalar yuzasidan yagona yondashuvni shakllantirish, sohada korrupsion holatlarning oldini olish va sud organlari faoliyatiga tadbiq etilayotgan o‘zgarishlarni soliq xodimlariga yetkazishdir.
O‘tkazilgan seminarda Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi raisi va tergov sudyasi ishtirokchilarga sud ishlarining yuritilishi qog‘oz shakldan “raqamli sud” konsepsiyasi asosida elektron shaklga o‘tkazilishi, sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllanishi haqida ma’lumotlar berdi.
[gallery-25498]
—Soliq xodimlari bilan juda samimiy, ochiq muloqot qildik, — deydi Urganch shahar sudi raisi Murod Hasanov. —Hozirgi vaqtda iqtisodiy va huquqiy muammolar orasida korrupsiyaga qarshi kurash muammosi, ayniqsa, korrupsiyaviy jinoyatlarning sodir etilishi va ularga yo‘l qo‘ymaslik, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyatga jazo, muqarrar ekanligi qolaversa, bu borada qat’iy choralar ko‘rilayotganini ularga aniq misollar bilan tushuntirdik.
Tadbirda,shuningdek, xodimlar o‘rtasida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, soliq to‘lovchilarning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berish, masalalarni qonuniy yo‘l bilan o‘z vaqtida hal etish har bir tizim xodimining burchi ekanligi ham ta’kidlandi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jp1xTq7VQqY" title="Sudya va soliqchilar uchun seminar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat, video), O‘zA muxbirlari