Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudya taraflarni yarashtirish uchun jabrlanuvchilar xonadoniga bordi
18:24 / 2020-01-03

Mana 2019-yil ham oʻz yakuniga yetib, tarix zarvaraqlaridan joy olib, 2020-yilning birinchi ish kuni boshlandi.


Mana 2019-yil ham oʻz yakuniga yetib, tarix zarvaraqlaridan joy olib, 2020-yilning birinchi ish kuni boshlandi.

Ushbu boshlangan yilda sudlar oldida oʻta muhim vazifa – xalqimizning sudlarga boʻlgan ishonchini oshirish va sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash.

Buning uchun sudyalar xalq bilan hamnafas holda ish olib borishi, ularning sud bilan bogʻliq muammolarini uyma-uy yurib hal qilishi muhim ahamiyatga ega.

Hammamizga maʼlumki, jinoyat qonunchiligimizda insonparvarlik prinsipiga toʻla mos keladigan yarashtiruv instituti mavjud.

Yoʻl-transport hodisasi natijasida shaxsga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilgan holatlarda bu toifadagi jinoyat ishlari boʻyicha taraflarni yarashtirish jabrlanuvchining buzilgan huquqlarini tiklashda va ish boʻyicha ayblanuvchilarni jinoiy javobgarlikka tortmasdan turib, ularni axloqan tuzatishda juda ham samarali hisoblanadi.

photo5222386113031810109.jpg

Buning uchun ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikastlangan jabrlanuvchini sudga chaqirtirish ularni sarson boʻlishlariga, yarashtiruv jarayoniga nisbatan ularda turli eʼtirozlar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun, jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tuman sudi bu toifadagi ishlarni koʻrishda bevosita sayyor sud majlislarini jabrlanuvchilarning xonadoniga borib oʻtkazishga, ular bilan samimiy suhbatlashib, tegishli qarorlar qabul qilishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Jumladan, 2020-yilning birinchi ish kuni jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tuman sudi ish yurituvidagi yoʻl-transport hodisasi bilan bogʻliq
3 ta jinoyat ishlarini jabrlanuvchilarning xonadonida sayyor sud majlislarida koʻrib chiqdi. Natijada, jabrlanuvchi va ayblanuvchi oʻz ixtiyorlari bilan yarashib olishdi. Shuningdek, ular sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar jarayonidan mamnunliklarini ham yashirib oʻtirishmadi.

– Men koʻp yillar oʻqituvchi boʻlib ishlaganman. Yoshlarga taʼlim-tarbiya berish borasida qilgan kamtarona mehnatimni davlatimiz yuksak qadrlab “Shuhrat” medaliga sazovor boʻldim, – dedi jabrlanuvchi Ibragim Shukurov. – Yoʻl-transport hodisasini sodir qilib, oʻrtacha ogʻir shikast olishimga sababchi boʻlgan ayblanuvchi bilan yarashtirish uchun tergov organi meni bir necha marta chaqirtirgan edi. Yoshim 70 dan oshganligi uchun tergov organiga borib-kelishdan ochigʻi charchagan edim. Menga jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tuman sudidan qoʻngʻiroq qilishib, xonadoningizga sudya boradi. Oʻsha yerda yarashtirish boʻyicha ish koʻriladi, deb xabar berishganida ochigʻi juda ajablandim. Lekin, sudya xonadonimga kelib, men bilan samimiy suhbatlashib, yarashtirish boʻyicha qonun talablarini toʻliq tushuntirganida juda ham koʻnglim koʻtarildi. Ochigʻi, bu kutilmagan boʻldi. Hatto, shu kunga qadar bilmagan qonundagi huquqimni sudyadan bilib oldim. Yaʼni, “Shuhrat” medaliga sazovor boʻlganlarga soliq qonunchiligi boʻyicha ayrim soliq turlaridan imtiyozlar berilar ekan. Bu – Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan sud sohasidagi islohotlar samarasi.