Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudya odil bo‘lsa, adolat albatta, qaror topadi
16:53 / 2021-01-19

Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida barcha sohalarda hayotbaxsh islohotlar amalga oshirilib, inson haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qadr-qimmatini hurmat qilish borasida quvonarli yutuqlarga erishilmoqda.

Ayni jarayonda huquqni muhofaza qilish, xususan, sud tizimi idoralari faoliyatini jahon andozalari darajasida isloh etishga jiddiy e’tibor qaratilyapti. Buning samarasi sifatida sud tizimi nafaqat moddiy-texnik jihatdan yangilandi, balki odil sudlovni amalga oshirish, adolat va xolislik, shaffoflikni ta’minlash sohasida zamonaviy mezonlar bo‘yicha takomillashib boryapti.

Tizimda faoliyat yuritayotganlarning barchasi xalqimiz azal-azaldan talpinib, hamisha ardoqlab keladigan adolatni ro‘yobga chiqarishni maqsad qilgan fidoyi va pok niyatli insonlar bo‘lishi kerak. Eng asosiysi – sudyalarning qabul qilgan har bir qarori qonuniy, asosli, odillik va insonparvarlik tamoyillariga tayangan bo‘lishi lozim.

Marg‘ilon shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudining raisi lavozimida samarali faoliyat olib borgan Mansur Ibragimov halol va pok ishlab, el orasida hurmat-e’tibor qozondi. U 2008-2011 yillarda Namangan shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudining sudyasi, 2011-2015 yillarda Namangan viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudining sudyasi lavozimida ishlab katta hayotiy tajribaga ega bo‘ldi.

2015 yilda Marg‘ilon shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudining raisi lavozimiga tayinlanib, shaharda qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini benuqson amalga oshirdi. O‘tgan davr mobaynida uning raisligida 639 ta jinoyat ishi bo‘yicha 964 nafar shaxsga nisbatan ayblov hukmi chiqarildi. 48 nafar shaxsga tergov organlari tomonidan e’lon qilingan ayblovlarning ayrim qismlari sudda o‘z isbotini topmagani sababli ular qisman oqlangan bo‘lsa, 2 nafar shaxs to‘liq oqlanib reablitatsiya qilindi. 177 ta jinoyat ishi bo‘yicha 197 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining turli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari tugatildi. O‘z navbatida 148 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish, 3 nafar shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, 18 nafar shaxsni pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash, 247 nafar shaxsga nisbatan amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 282 nafar mahkumga nisbatan jarima jazosini, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish, 148 nafar alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan shaxslarga nisbatan majburiy davolash choralarini qo‘llash, 49 ta sud hukmining fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi hamda qonuniy hal qilindi.

Qonunlar bilan bevosita jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari vakolatiga berilgan boshqa toifadagi ishlar, xususan, shahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaning 14 nafar voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalari ko‘rib chiqildi. Jismoniy va yuridik shaxslardan sudga bo‘lgan barcha murojaatlar qonunda belgilangan muddatda qonuniy hal qilindi. Natijada hal qilingan masalalar bo‘yicha takroriy murojaatlar bo‘lmadi.

2017 yilda 1369 ta ma’muriy hamda jinoyat ishlari sayyor sud majlislarida ko‘rilib, bu sudda ko‘rilgan barcha ishlarning 89 fozini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda sudda ko‘rilgan ishlarning 82 foizi, 2019 yilda 78 foizi hamda 2020 yil iyun oyiga qadar ko‘rilgan ishlarning 86 foizi sayyor sud majlislari orqali muhokama qilindi.

Tajribali huquqshunos sifatida u mahalla va jamoat tashkilotlari, prokuratura, adliya, ichki ishlar, yoshlar ittifoqi va boshqa mutasaddi idoralar bilan doimo hamkorlikda ish olib bordi. Hayotiy bilim va amaliy tajribasi yuksak huquqshunos sifatida u Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijroiya kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish, o‘z navbatida yangi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan doimiy ravishda Sudyalar oliy kengashi hamda Oliy sudga takliflar berib kelgan.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasinining oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim fakultetida mustaqil tadqiqotchi sifatida yuridik fanlarning “12.00.09 – jinoyat protsessi, kriminalistika va tezkor qidiruv huquqi; sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha “Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq kontrabanda jinoyatini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktorligi dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib bormoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida esa – poklik” ustuvor bo‘lgan shaxs yurt ravnaqi yo‘lida fidoiylik bilan mehnat qiladi. O‘z kasbiga sadoqatli bo‘lgan insonlar esa doimo ezgu ishlardan charchamaydi, balki ulardan kuch-quvvat oladi.

Zohidjon Homidov,

Marg‘ilon shahar Xalq qabulxonasi mudiri.