English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudlarning ochiqligi, fuqarolarning huquqiy ongi yuksalmoqda
11:07 / 2025-07-20

Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2025 yilning birinchi yarmida odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarining sud orqali himoya qilinishini ta’minlash, sud amaliyotini umumlashtirish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, o‘tgan olti oy davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarining ish yurituvida birinchi instansiya tartibida jami 14 519 ta fuqarolik ishi bo‘lib, shundan sudlar tomonidan 11 ming 463 ta ish ko‘rib chiqilgan. Ularning umumiy soni o‘tgan yilga nisbatan 24,7 foizga ko‘payib, 3 ming 56 ta fuqarolik ishi keyingi chorakka qoldiq bo‘lib o‘tgan. Buyruq tartibida jami 28 ming 287 ta ariza bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarilgan bo‘lib, ularning soni o‘tgan yilga nisbatan 9 ming 944 taga ko‘paygan.

Ko‘rib tamomlangan 11 ming 463 ta ishdan 9 ming 284 ta ish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqarilib, shundan 8 ming 609 ta ish bo‘yicha da’vo ariza qanoatlantirilgan, 675 ta ish bo‘yicha da’vo arizasi qanoatlantirilmasdan qoldirilgan. Shuningdek 263 ta ish yurituvdan qisqartirilgan, 1916 ta ariza ko‘rilmasdan qoldirilgan.

Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, sudlarning ochiqligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida, 2025 yilning birinchi yarmi davomida sudlar tomonidan profilaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega 532 ta ish sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan. Sud tomonidan ishni ko‘rish davomida aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish va oldini olish maqsadida, o‘tgan olti oy ichida korxona, muassasa, tashkilotlarga nisbatan 77 ta xususiy ajrim chiqarilib, hisobot davrida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat alomatlari bo‘lishi mumkinligi haqida 15 ta xabarnoma berilgan.

2025 yilning 1 yarim yilligida ko‘rib tamomlangan 11 ming 463 ta fuqarolik ishidan 430 tasi bo‘yicha, ya’ni 3,8 foiz ishga sud qarori ustidan shikoyat keltirilgan bo‘lib, qolgan 96,2 foiz ishga sud qarori ustidan shikoyat berilmagan. Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyalarida jami 634 ta ish ko‘rilgan.

Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida, hisobot davrida sudlar tomonidan 171 marta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar amalga oshirilib, 123 marta uchrashuv va seminar o‘tkazildi.

Sudlarga hisobot davrida jami 1 ming 96 ta murojaat kelib tushib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ular soni 438 taga kamaygan.   Kelib tushgan murojaatlardan 93 tasi qanoatlantirilib, 975 ta murojaat bo‘yicha tegishli tartibda tushuntirish berildi.  

Muxtasar aytganda, sudlar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari sud orqali ishonchli himoya qilinishini ta’minlash borasidagi ishlar yanada izchil davom ettiriladi.

A.Kerimbayev,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi.

O‘zA