Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudlarga nikohdan ajratishni so‘rab qilingan murojaatlar soni 63 mingdan ziyodni tashkil etgan
09:51 / 2024-01-24

Ularning qanchasi qanoatlantirildi, qanchasi rad etildi? Bu savollarga Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov javob berdi:

– 2023 yilda 460 ming 308 fuqarolik ishi ko‘rib chiqildi. Tamomlangan fuqarolik ishlardan 158 ming 548 tasi bitimlar bilan bog‘liq, 63 ming 625 tasi nikohdan ajratishga oid bo‘ldi.  

18 mingdan ziyodi uy-joy munosabatlari, 13 ming 746 tasi mehnat nizolari bilan bog‘liq. 5 ming 786 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish, 3 ming 387 tasi otalikni belgilashga oid va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qildi.  

Ko‘rib chiqilgan ishlardan 343 ming 156 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirildi. 52 ming 707 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirish rad qilindi. 57 ming 92 tasi bo‘yicha da’volar ko‘rmasdan qoldirilgan bo‘lsa, 7 ming 353 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatildi.  

Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ko‘rib tamomlangan ishlarning 34 ming 635 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirildi (nikohlar bekor qilindi), qariyb 21 mingtasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan). 5 ming 434 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 2 ming 584 da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.  

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 3,6 trillion co‘mdan ziyod majburiy to‘lovlarni undirish haqida 483 ming 617 sud buyrug‘i chiqarildi. Bular voyaga yetmagan bolalar uchun aliment, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lovlari va boshqalarni tashkil etdi.  

3 ming 269 ta ishga tiklashga doir ko‘rib tamomlangan ishlarning 1 ming 704 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirildi. 940 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etildi. 534 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 91 da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.  

Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlari tomonidan apellyatsiya tartibida 15 ming 162 fuqarolik ishi ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 1 ming 811 qaror bekor qilinib, 998 ta sud qarori o‘zgartirildi.  

Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan kassatsiya tartibida 3 ming 665 fuqarolik ishi ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 486 qaror bekor qilinib, 164 sud qarori o‘zgartirildi.  

Shuningdek, kassatsiya instansiyasida 65 ta fuqarolik ishi takroran ko‘rib chiqildi. 42 sud qarori bekor qilinib, 4 tasi o‘zgartirildi.  

N.Abduraimova, O‘zA