Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudlarda nikohdan ajratish bilan bog‘liq ishlar ko‘paygan
10:00 / 2023-04-24

Farg‘ona viloyatining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan joriy yilning birinchi choragida odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, o‘tgan davrda sudlarda 6 ming 368 ta fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlangan. Hududlarda mehnat, oila nizolari va nikohdan ajratish bilan bog‘liq ishlar ko‘paygani tashvishlanarlidir. Bu haqida sudlar faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi. 
Nikohdan ajralishlarning oldini olish va oilalarni saqlab qolish maqsadida sudlar oila va xotin-qizlar boshqarmalari va shu tizimda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida sudlarda nikohdan ajratish haqidagi 1 ming 215 ta ishlar bo‘yicha oila va xotin-qizlar boshqarmasining quyi bo‘limlaridan xulosalar olinib ko‘rib chiqilgan. Shunday bo‘lsada, nikohdan ajratish haqida ko‘rilgan ishlar soni 2022 yilning shu davri bilan taqqoslanganda 346 ta yoki 25,3 foizga ko‘paygan. 
–Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, – deydi viloyat fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi O.Hasanov.– Oiladagi notinchlik farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, jamiyatda tirik yetim farzandlar ko‘payishiga sabab bo‘luvchi birinchi omillardan biridir. Bu notinchlik orqasida oilalarda huquqbuzarliklar va turli mulkiy nizolar kelib chiqadi. Sudyalar esa shu jamiyatning bir a’zosi, sud hokimiyati esa shu jamiyatning bir bo‘g‘ini ekanligini his qilgan holda oilaviy ajrimlarning oldini olishda, oilalarni saqlab qolishda o‘z hissasini qo‘shishlari shart, deb hisoblaymiz. 

M.Sulaymonov, O‘zA