Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudlarda ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ko‘paygan
09:42 / 2024-07-13

Navoiy viloyatida sudlar tomonidan 2024 yilning birinchi yarim yilligida 1269 nafar shaxsga nisbatan 927 ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 61 taga, shaxslar soni esa 68 taga ko‘paygan.

Bu haqda Navoiy viloyati sudi raisi Abdullo Allayev sudlar tomonidan 2024 yil 6 oyi davomida odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.  

– Navoiy viloyati sudlari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida ko‘rib tamomlangan ishlar yuzasidan 248 nafar shaxsga nisbatan 164 ta jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki ayblovda qo‘yilgan ayblar o‘zgartirib, qayta malakalangan holda sudning yakuniy qarorlari chiqarilgan. Hisobot davrida 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxs sudlar tomonidan oqlangan. Mazkur jinoyat ishi birinchi instansiya sudi tomonidan oqlanib, fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlari tiklangan.

Ushbu davrda jami 1053 nafar shaxs sudlangan bo‘lib, sudlanganlarning 128 nafari jarima, 2 nafariga majburiy jamoat ishlari, 363 nafari axloq tuzatish ishlari, 174 nafari ozodlikni cheklash, 386 nafari ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. 6 nafar shaxs shartli hukm qilingan, 4 nafar voyaga yetmaganga nisbatan majburlov chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa, 21 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlanmasdan hukm chiqarilgan.

Ushbu davrda 150 nafar ayolga nisbatan 125 ta jinoyat ishi, 461 nafar yoshga nisbatan esa 352 ta jinoyat ishi sudlar tomonidan mazmunan ko‘rib hal etilgan.

Fuqarolik sudlari tomonidan esa joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 8 ming 291 ta fuqarolik ishlar ko‘rib tamomlangan bo‘lib, ularning 7 ming 423 tasi qanoatlantirilgan, 6 ming 501 tasi rad etilgan, 721 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 144 tasi bo‘yicha ish yuritishdan tugatilgan.  

Tahlillarga qaraganda, 2023 yilning shu davriga nisbatan fuqarolik ishlari 759 taga kamaygan, sud buyruqlari 2 348 taga oshgan.

Iqtisodiy sudlar tomonidan hisobot davrida odil sudlovni amalga oshirish yuzasidan jami 2 956 ta ish ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning 1 759 tasi fuqarolik-huquqiy, 1 127 tasi ma’muriy-huquqiy, 56 tasi bankrotlikka, 7 tasi esa korporativ munosabatlarga oid ishlardir.  

[gallery-18248]

Hal etilgan ishlar bo‘yicha 275,2 milliard so‘m miqdoridagi qarz va yetkazilgan moddiy zararlarni da’vogarlar foydasiga undirish haqida qarorlar qabul qilingan. Shundan xususiy tadbirkorlar va kichik biznes sub’ektlarning foydasiga 90,4 milliard so‘m undirilgan.

Matbuot anjumanida OAV vakillari va jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan sud-huquq sohasi bilan bog‘liq savollarga javob oldi.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA.