Bosh prokurorning tegishli buyrug‘i bilan iqtisodiy va ma’muriy sudlarda ishlar ko‘rilishida prokuror ishtirokining samaradorligini yanada oshirishga doir yangicha tartib belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, O‘zbekiston Harbiy va Transport prokurorlarining zimmasiga muhim vazifalar yuklatildi.
Endi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridagi tumanlararo iqtisodiy va ma’muriy sudlarda ishlar ko‘rilishida prokuror ishtiroki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarining mahkamalari tomonidan ta’minlanadi.

Bosh prokuratura tomonidan iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, shuningdek, qonunda prokuror ishtirok etishi belgilangan ishlar bo‘yicha amaliyotdagi muammolar hamda ushbu ishlarni qonuniy hal etishda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan holatlar kengroq tushuntirilmoqda.
Shu maqsadda sohaga biriktirilgan barcha mas’ul xodimlar ishtirokida “Iqtisodiy va ma’muriy sudlarda prokuror ishtirokining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan yangicha tartib” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn seminar o‘tkazildi.
Tadbirda hududiy prokuraturalarning sohada amalga oshirilgan ishlari hamda faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar chuqur tahlillar asosida tanqidiy muhokama qilindi.
N.Abduraimova,
O‘zA